Islom Kitobi Nurul Izoh 40 farz

Islom Kitobi Nurul Izoh 40 farz

Books & Reference | Islam Apps World

Play on PC with BlueStacks – the Android Gaming Platform, trusted by 500M+ gamers.

Page Modified on: January 1, 2018

Play Islom Kitobi Nurul Izoh 40 farz on PC

"Nurul izoh" shariy hukmlarning sodda va ixcham bayon etilishi bilan etiboringizni tortadi. Bu kitobdan Islom dinimizdagi asosiy ibodatlarga oid deyarli barcha savollarga javoblar topishingiz mumkin. Shuningdek, kitobga "Aqida asoslari", "Nikoh va taloqqa oid hukmlar", "Imomi A’zam hayoti" kabi boblar ham ilova qilindi.

BO'LIMLAR:
-40 Farz
-Aqida asoslari
-Fiqh
-Tahorat kitobi
-Mahs bolimi
-Hayz, nifos va istihoza
-Namoz kitobi
-Farz namoziga yetishish
-Nafl namozlari
-Vitr namozi
-Janoza
-Tilovat sajdasi
-Roza kitobi
-Ramazon oyining ko`rinishi
-Zakot kitobi
-Haj kitobi
-Hajni ado etish tartibi
-Qurbonlik va nazr
-Nikoh va taloqqa oid hukmlar
-Imomi A’zam Abu Hanifa

So‘zboshi

Butun olamlarning Parvardigori Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin! Faqat Alloh taolo hamdu sanolarga loyiqdir. Payg‘ambarlarning so‘nggisi Hazrati Muhammadga, sollallohu alayhi va sallam, u zotning pok oilalariga, barcha sahobalariga salovot va salomlar bo‘lsin.

Pok va behojat Parvardigorga muhtoj, hanafiy mazhabiga mansub Abul-Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy aytadi: ba’zi do‘stlarim, — Alloh menga va ularga lutfu karami bilan muomala qilsin, - mendan ibodatlar haqida xossatan, fiqh ilmi bilan yangi shug‘ullana boshlaganlar uchun katta kitoblarda tarqoq holda berilgan masalalarni sodda, ixcham shaklda to‘plab boshlang‘ich bir kitob yozishimni so‘raydilar. Alloh taolodan yordam so‘rab, savob umidida mazkur talablarni qabul qildim va amalga oshirdim. Ushbu kitobga faqatgina tanlash vakolatiga ega bo‘lgan olimlar to‘g‘ri deb qattiy qaror qilgan masalalarni jamladim. Uzundan-uzun, ortiqcha tafsilotlarga kirishmadim. Bu kitobni "Nurul izoh va najotul arvoq" deb nomladim. Parvardigorimdan bu kitobni bandalariga foydali qilishini va bu foyda qiyomatgacha davomli bo‘lishini so‘rayman.

Abul Ixlos Hasan al-VAFOIY SHURUNBILOLIY


Butun olamlarning Parvardigori Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin! Hamdu sano faqat Alloh taologa maxsusdir. Taqvodorlarning eng sharaflisi Hazrati Payg‘ambarimizga va u zotning oila azolariga, sahobalari hamda qiyomatgacha u zotning yo‘llaridan borganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

"Nurul izoh va najotul arvoq", ibodatlar haqidagi uzun kitoblarda berilgan tarqoq masalalarni fiqh ilmi bilan yangi shug‘ullana boshlaganlar uchun sodda va ixcham shaklda bir joyga to‘plagan risoladir. Bu hajmi jihatidan kichik, ammo ko‘p to‘g‘ri hukmlarni qamrab olgan juda foydali kitobdir.

Ushbu kitob juda sodda, ochiq jumlalar bilan yozilgan bo‘lsada, yangi boshlovchilarga maqsad va ma'nilarni tushunishni yanada osonlashtiruvchi izohtalab qilinar edi.

Alloh taolo meni mana shu maqsad va ehtiyojlarga javob bera oladigan, juda ham foydali, hajmi kichik bo‘lishiga qaramay, qamrab olgan masalalari jihatidan kattagina sharh yozishga muvaffaq qildi. Unga "Al-Miftoh sharhu Nurul izoh" deb nom berdim. Kitob yanada foydali bo‘lsin deb unga haj va zakot haqida yozgan "Manohatul fattoh" nomli risolamni ham ilova qildim. Shu tufayli endi o‘quvchilar va ilm talabida bo‘lganlar barcha ibodatlarga oid masalalarni bir muqova ichida topishlari mumkin. Parvardigordan ushbu kitobni mo‘minlarga foydali qchlishini so‘rayman. U duolarni qabul qiluvchi va umidlarni ro‘yobga chiqaruvchi Zotdir.

Abu Zayd SHIBLIY

Kitob nashriyoti: Movarounnahr-2003 y. 40 farz
Dastur tuzishda: www.ziyouz.com kutubxonasidan foydalanildi

Hato va takliflar bo`lsa:
E-mail: uzdasturlar@gmail.com
IslamAppsWorld@gmail.com
Telegram: @Islamapps

Play Islom Kitobi Nurul Izoh 40 farz on PC. It’s easy to get started.

  • Download and install BlueStacks on your PC

  • Complete Google sign-in to access the Play Store, or do it later

  • Look for Islom Kitobi Nurul Izoh 40 farz in the search bar at the top right corner

  • Click to install Islom Kitobi Nurul Izoh 40 farz from the search results

  • Complete Google sign-in (if you skipped step 2) to install Islom Kitobi Nurul Izoh 40 farz

  • Click the Islom Kitobi Nurul Izoh 40 farz icon on the home screen to start playing

Watch Video